Hududda tadbirkorlik va bandlik masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y.Bo‘ronov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev “Zartepa” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi bilan hamkorlikda hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, hududda g‘isht zavodi tashkil etib ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, choyxona va savdo do‘konlari ochish orqali aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda, yangi ish o‘rinlari yaratib, fuqarolar bandligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar faoliyati atroflicha o‘rganildi. Ularning ish jarayonlari, ishlab chiqarish quvvatlari hamda kelgusidagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishildi.
Hududda aholi daromadini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan bunday tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#J_Donayev