“Mustaqillik” mahallasidagi ichki yo‘llar masalasi deputat nazoratida
⏺Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E. Hamroyev tomonidan “Mustaqillik” mahallasidagi ichki yo‘llar holati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
⏺O‘rganishlar va aholi murojaatlariga ko‘ra, “Mustaqillik” mahallasidagi ichki ko‘chalarga shag‘al (tosh) yotqizish zarurati mavjudligi aniqlandi. Mazkur holat ayniqsa yomg‘irli mavsumda fuqarolar harakatlanishida jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda.
⏺Deputat tomonidan ushbu ko‘chalarni 2026-yil manzilli dasturlariga kiritish, ularning texnik holatini o‘rganish hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullardan asoslantirilgan ma’lumot so‘raldi.
⏺Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘lidagi ishlar davom ettiriladi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#D_Sorov #E_Hamroyev