Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya davomida tuman hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘n birta masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi farovonligini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada hududlarni rivojlantirish, mahalliy budjet ijrosi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, sog‘liqni saqlash, ekologiya, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan hisobot va ma’ruzalar tinglandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#yigirmanchi_sessiya

Slide 1 of 16