Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Qorasuv saylov okrugidan saylangan deputat D.Xoliqova tomonidan “Qorasuv” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisining murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar hamda mavjud masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, obodonlashtirish ishlari va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolarning ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat asb etadi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#D_Xoliqova