Tashrif davomida mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Xususan, mahalla raisi, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektori tomonidan olib borilayotgan ishlar, yuritilayotgan hujjatlar, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.
🫥Shuningdek, mahallada yoshlar bilan ishlash, ularni bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy muammolarni bartaraf etish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
🫥O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
🫥Bunday o‘rganishlar hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.