O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, xususan hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan faoliyat samaradorligi atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash hamda daromadlarni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
✅Shuningdek, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati ham o‘rganilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
✅Mazkur o‘rganish ishlari hududda olib borilayotgan faoliyat samaradorligini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.