DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Yodgorova hamda Kengash kotibiyat mudiri O‘.Rajabov ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi. Mazkur jarayonda “O‘rmonchi” mahallasi “yettiligi” faoliyati va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat ko‘zdan kechirildi.
📊 O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari:
Iqtisodiy samaradorlik: Hokim yordamchilari tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash va oilaviy daromadlarni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish holati o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha ish unumdorligini oshirish maqsadida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 TAVSIYALAR ishlab chiqildi va mas’ullarga taqdim etildi.