Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi A. Abdinazarov olib bordi.
✅Unda Yoshlar maslahat guruhining o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari tahlil qilinib, erishilgan natijalar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar muhokama etildi. Shuningdek, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar hamda rejalar belgilab olindi.
✔️Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni tizimli ravishda amalga oshirish va bu boradagi ishlarni yanada faollashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.