Aholi murojaatini ijobiy hal etish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi
🔘23-Fayzobod saylov okrugidan saylangan deputat U.Aliqulov hududidagi “Xursand” MFY aholisidan kelib tushgan murojaat asosida navbatdagi o‘rganish ishlari olib bordi.
✅Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlarga ushbu hududni qayta tiklash, daraxtlarni parvarish qilish va hududdan unumli foydalanish choralarini ko‘rish bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi: Mahallabay ishlash tizimi moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi
🔘Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Prezidentimizning PF-17-sonli Farmoni (https://kengash.gov.uz/doc/264985) ijrosini ta’minlash maqsadida muhim qaror qabul qilindi.
🔘Unga ko‘ra, tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirishning ustuvor tartibi belgilandi.