YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI — MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI! ✅
Xabaringiz bor, Uzun tumani “Chinor” mahallasi aholisi hamda hududdagi tadbirkorlar tomonidan “Chinor” to‘yxonasi oldidagi yo‘lda harakat xavfsizligini ta’minlash borasida jamoaviy murojaat kelib tushgan edi.
Xalq deputatituman Kengashi deputati F.Turdiyev tomonidan aholi xavfsizligini o‘ylab, zudlik bilan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
Mutasaddi tashkilotlar tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, ijobiy hal etildi:
🔹 Mazkur hududga piyodalar o‘tish yo‘lagi (zebra) chizildi;
🔹 Tezlikni cheklovchi maxsus yo‘l belgilari o‘rnatildi;
🔹 Endilikda hududdagi keksalar va bolalar uchun yo‘lni kesib o‘tish mutlaqo xavfsiz!
Xalqning dardi bilan yashash, ularning muammolariga yechim topish — asosiy maqsadimizdir. Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda, yo‘llarda ehtiyot bo‘ling!