O‘rganish jarayonida “Navro‘z” mahallasining “Dilnavo” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ko‘chadagi elektr tayanch ustunlarining yaroqsiz holatga kelib qolganligi, ularni yangisiga almashtirish zarurligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.
✅Deputat tomonidan mazkur murojaatlar joyida o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi hamda masalaning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.
⛈Aholi muammolarini o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.