Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Imtiyozli kredit ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat hududdagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya issh rejasiga muvofiq yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi
янв.21
"MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI TURMUSH” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
“Rabotak” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror

Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoqilg‘i-Energetika Sohasida Bozor Mexanizmlarini Joriy Etishda Ehtiyojmand Aholini Davlat Tomonidan Qo‘llab-Quvvatlashning Qo‘shimcha Chora-Tadbirlari To‘g‘risidagi Qarori 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-son qaroriga ko‘ra, yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish davrida ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi.

2027-yil 1-aprelgacha ijtimoiy reyestrga kiritilgan hamda kam ta’minlangan oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qo‘shimcha kompensatsiya beriladi.

Elektr energiyasi bo‘yicha — oyiga bazaviy me’yordan 150 kVt/soatgacha ortiq iste’mol uchun narxlar farqi qoplab beriladi.

Tabiiy gaz bo‘yicha —isitish mavsumida 250 kub metrgacha,

boshqa davrlarda 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya to‘lanadi.

2025–2026 yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2025-yil noyabr oyida 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

 Ushbu yordam:

ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga;

shuningdek “mahalla yettiligi” xulosasi asosida yordamga muhtoj deb topilgan oilalarga beriladi

Qo‘shimcha ro‘yxatlar shakllantirilganda quyidagi oilalarga ustuvorlik beriladi:

boquvchisini yo‘qotgan oilalar;

ogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydigan oilalar;

nogiron bolalarni parvarishlayotgan oilalar;

uzoq muddat davolanish talab etadigan bemorlar yashaydigan oilalar;

yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironlar.

Mazkur yordam va kompensatsiya to‘lovlari Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.