Qiziriqda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
👨👩👦 Bugun Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Ch.Normo‘minov tomonidan “Yangi hayot” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
⏺️Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan dolzarb muammolar, ularning murojaat va takliflari atroflicha muhokama qilindi. Ayniqsa, bandlik, ta’lim, kasb-hunar o‘rganish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⏺️Shuningdek, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan fikr almashilib, yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.
✔️Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan amaliy ishlar olib borilishi ta’kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)