Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Imtiyozli kredit ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat hududdagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya issh rejasiga muvofiq yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi
янв.21
"MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI TURMUSH” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
“Rabotak” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
#uchrashuv

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov "Do‘stlik" mahallasi xodimlari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda asosiy e’tibor mahalladagi mavjud infratuzilma muammolari hamda fuqaro murojaatlarining ijro holatiga qaratildi.

Uchrashuvda Kengash kotibiyati mudiri Sevar Qodirova hamda shahar Kengashi deputati Fahriddin Matasimovlar ham ishtirok etib, quyidagi muhim masalalarni tahlil qildilar:

📂 Murojaatlar tahlili: Kelib tushayotgan arizalar va shikoyatlarni faqat qog‘ozda emas, balki joyiga chiqqan holda o‘rganish tizimi;

🔄 Takroriy murojaatlarning oldi olish: Fuqarolarni sarson qilmaslik va muammolarni birinchi bosqichning o‘zidayoq sifatli hal etish mexanizmlari;

🛠 Infratuzilma: Mahalla hududidagi yo‘l, suv va elektr ta’minoti bilan bog‘liq dolzarb masalalarga yechim izlash.

Muloqot davomida mahalla xodimlariga aholi bilan ishlashda manzillilikni ta’minlash va murojaatlarni ijro etishda mas’uliyatni oshirish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 2