Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya issh rejasiga muvofiq yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat hududdagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Imtiyozli kredit ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
"MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“YANGI TURMUSH” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
“Navro‘z” mahallasida ichki yo‘llar holati va infratuzilma masalalari o‘rganildi
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Urganch shahri «Yangiobod» mahallasidagi tugallanmagan bino — bolalar uchun xavf manbai” sarlavhasi bilan tarqalgan lavha yuzasidan deputatlik o‘rganishlari va nazorati o‘rnatildi. 

Urganch shahar «Yangiobod» mahallasi aholisi tomonidan ko‘tarilgan ushbu dolzarb masala Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro‘ziboyev va deputat B.Allabergenovlar
tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilmoqda.
 

O‘rganish natijalari bo‘yicha haqiqatan ham, mahalla hududidagi qurilishi tugallanmagan bino atrofida himoya to‘siqlari mavjud emasligi va bino ichiga kirish ochiq qolgani bolalar xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani tasdiqlandi.  

Hozirda ushbu ob’ektning mulkdori (egasini) aniqlash va nima sababdan qurilish ishlari to‘xtab qolgani yuzasidan shahar qurilish bo‘limi va tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.  

Ob’ekt egasi aniqlangach, binoni qisqa muddatda xavfsiz holatga keltirish (atrofini o‘rash, kirish yo‘llarini yopish) yoki konservatsiya qilish bo‘yicha qat’iy talablar qo‘yiladi. 

"Aholi salomatligi va farzandlarimiz xavfsizligi biz uchun ustuvor vazifa. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilgan har bir asosli e’tiroz deputatlik nazoratiga olinadi va uning ijrosi oxirigacha ta’minlanadi," — deya ta’kidladi soha mas’ullari bilan muloqotda bo‘lgan deputatlar. 

Mazkur masala yuzasidan ko‘rilayotgan choralar va natijalar haqida qo‘shimcha ravishda ma’lumot berib boriladi. Biz fuqarolarning faolligi va mahalladagi muammolarga befarq emasliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. 

Slide 1 of 3