Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya issh rejasiga muvofiq yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat hududdagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Imtiyozli kredit ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
"MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“YANGI TURMUSH” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
“Navro‘z” mahallasida ichki yo‘llar holati va infratuzilma masalalari o‘rganildi
FAOLIYAT YUZASIDAN AXBOROT

Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 31-yanvardagi “Mahalliy Kengashlar deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 22-sonli hamda Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining 2026-yil 4-apreldagi VII-21-32-12-180-K/26-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati B.Allabergenov “Yangiobod” mahallasi binosida o‘z saylovchilari oldida axborot berdi. 

Uchrashuv davomida deputat saylov okrugidagi dolzarb muammolar va ularni hal etish borasidagi choraklik faoliyati yuzasidan axborot berdi. Xususan, hisobot davrida  

6 ta deputat so‘rovi chiqarganligi; 

7 marotaba doimiy komissiya majlislarida ishtirok etganligi; 

21 marotaba Kengash sessiyalarida ishtirok etganligi; 

10 ta fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganganligi; 18 ta mahalladagi muammoli masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan bog‘langanligi yuzasidan ma’lumotlarini taqdim etdi. 

Shundan so‘ng saylovchilar tomonidan faoliyat samaradorligi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bayon etib, deputatning mahalla hududidagi zovurni tozalatish, ichki yo‘llarni ta’mirlatish, ijtimoiy soha obektlarida olib borilgan faoliyatiga alohida urg‘u berib o‘z minnatdorchiliklarini bayon etdilar. 

Shuningdek, mahalla hududida amalga oshirilishi rejalashtirlgan galdagi vazifalarni amalga oshirishda hamkorlik tamoilidan foydalanishga kelishib olindi. 

Bu kabi uchrashuvdan asosiy maqsad, mahalliy Kengashlar faoliyatini transformatsiya qilish, deputatlarning xalq bilan yaqinligini ta’minlash va "mahalla –Kengash - mahalla" zanjiri asosida muammolarni tizimli hal etishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 3