Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya issh rejasiga muvofiq yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat hududdagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Imtiyozli kredit ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
"MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“YANGI TURMUSH” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
“Navro‘z” mahallasida ichki yo‘llar holati va infratuzilma masalalari o‘rganildi
#Deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari K.Umarboyev hamda A.Churatayevalar tomonidan #mahallalarda_hokim_yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi chora-tadbirlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Monitoring jarayonida quyidagi asosiy yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

🔹Mahallabay ishlash tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish holati;

🔹 "Oilaviy tadbirkorlik" dasturlari doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi va ularning samaradorligi;

🔹Ehtiyojmand oilalarni "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan individual rejalarning ijrosi.

O‘rganish davomida deputatlar hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan loyihalar bilan tanishib, aholi bandligini oshirish va hududiy drayverlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berishdi.

Slide 1 of 4