Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya issh rejasiga muvofiq yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat hududdagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Imtiyozli kredit ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
"MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“YANGI TURMUSH” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
“Navro‘z” mahallasida ichki yo‘llar holati va infratuzilma masalalari o‘rganildi
Ko‘l mahallasida amaliy ishlar va ochiq muloqot

Tashrif davomida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalarni joyida o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Jumladan, mahalla aholisi uchun qurilayotgan qo‘shimcha mahalla binosining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirilib, ishlarni sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

 Shuningdek, yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida hududdagi futbol maydonini zamonaviylashtirish masalasi muhokama qilindi hamda ushbu yo‘nalishda amaliy ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

 Shu bilan birga, mahalla hududidan oqib o‘tuvchi ariqda olib borilayotgan tozalash va obodonlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlar ekologik muhitni yaxshilash, hududni obod qilish va aholi uchun qulay yashash sharoitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

 Ta’kidlanishicha, deputatlik faoliyati doirasida bunday tashriflar hududlardagi muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, aholi bilan yaqindan muloqot qilish va ularning muammolariga tezkor yechim topishda muhim o‘rin tutadi.

 Ko‘l mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar kelgusida hududni yanada rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 1