Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya issh rejasiga muvofiq yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat hududdagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Imtiyozli kredit ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
"MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“YANGI TURMUSH” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
“Navro‘z” mahallasida ichki yo‘llar holati va infratuzilma masalalari o‘rganildi
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT — MUAMMOLARGA YECHIM SARI QADAM

AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT — MUAMMOLARGA YECHIM SARI QADAM 

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Davron Shodmonov hamda tuman Kengashi deputatlari Sobir Jalilov va Mahfirat Xudoyqulovalar ishtirokida Qamashi tumani Qoratepa mahallasida Qoratepa, Mayda va Azlartepa mahallalari fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

✅ Muloqot davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O'RQ-848-sonli Qonuni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, ushbu qonun asosida fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi hamda ushbu Qonun ijrosi bo'yicha mas’ullarga quyidagi muhim savollar bilan murojaat qilindi:

🔺 Kam ta’minlangan aholi ushbu huquqdan qay darajada xabardor? Bu bo‘yicha qanday targ‘ibot ishlari amalga oshirilgan?

🔺 Qishloq va chekka hududlarda yashovchi fuqarolarga mazkur xizmatni yetkazishda qanday mexanizmlar joriy etilgan?

🔺 Mahallalar orqali murojaat qilish amaliyoti qanchalik samarali ishlamoqda?

Ushbu savollar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli javoblar berildi.