Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Y.Bo‘ronov “Zartepa” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
️O‘rganish jarayonida mahalladagi yo‘llar, yashil hududlar, umumiy foydalanishdagi joylar hamda infratuzilma ob’ektlarining holati ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va ularning aholi turmush darajasiga ta’siri tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, hududni yanada obod va ko‘rkam qilish, aholiga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar belgilangan reja asosida davom ettirilishi va doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)