O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori ijrosi doirasida mahalla yettiligi bilan hamkorlik davom etmoqda
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati K. Muhammadiyev tumandagi “Zarobod” mahallasida bo‘lib, "mahalla yettiligi" va ko'cha boshlari ishtirokidagi majlisida ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V-son (https://www.lex.uz/ru/docs/-7323566) qarorida belgilangan mahalla fuqarolar yigʻini Kengashi majlisida mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” aʼzolarining hisobotlarini eshitishda tegishli mahallaga biriktirilgan mahalliy Kengash deputatining ishtirokini yoʻlga qoʻyishni tashkil etish ijrosi doirasida tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida “Mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyati yuzasidanhisobotlari eshitildi.
Deputat tomonidan:
-hisobotlar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi
-hududdagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
-belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi
️Ushbu tartib mahallaga biriktirilgan deputatlarning bevosita ishtirokini ta’minlash, joylardagi muammolarni tezkor hal etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)