Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Zartepa” mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Istara” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Qiziriq tumanida turizm va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori ijrosi doirasida mahalla yettiligi bilan hamkorlik davom etmoqda
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi
янв.21
Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazoratga olinmoqda
янв.21
Mahallada aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati ko'zdan kechirildi
янв.21
Navbatdagi fuqorolar qabuli oʻtkazildi
янв.21
Tadbirkor ayollar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
Tuproqql'a tumanida navro`z bayrami keng nishollandi

Tuproqqal’a tumanida Navro‘z bayrami keng nishonlandi

Tuproqqal’a tumanida azaliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan, yangilanish va ezgulik ayyomi – Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda keng nishonlandi.

Bayram tadbirlari davomida tuman markazi bayramona bezatilib, milliy urf-odat va an’analarimiz aks etgan ko‘rgazmalar, xalq sayillari hamda madaniy chiqishlar tashkil etildi. O‘quvchi-yoshlar, nuroniylar, xotin-qizlar va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, Navro‘z shodiyonalariga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar.

Shuningdek, milliy taomlar sayli, folklor jamoalarining chiqishlari, sport musobaqalari va turli ko‘ngilochar dasturlar bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, sumalak sayli barchaning e’tibor markazida bo‘ldi.

Navro‘z bayrami – mehr-oqibat, birdamlik va yangilanish timsoli sifatida tuproqqal’aliklar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Yurtimizga tinchlik, xonadonlarimizga fayz-u baraka olib kelsin!

Slide 1 of 6