Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi va uning tizimlari holatini o‘rganish ishlari izchil davom ettirildi.
янв.21
Tibbiyot tizimida moddiy-texnika ta’minoti tahlil qilindi
янв.21
Tibbiyot muassasalarida o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Mahallada hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Zartepa” mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Istara” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Qiziriq tumanida turizm va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori ijrosi doirasida mahalla yettiligi bilan hamkorlik davom etmoqda
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 🏛 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi 5-Seplon saylov okrugidan saylangan deputat M. Narbasheva hamda Sherobod tumani Kengashi 8-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputat S. Irisov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida joylashgan 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalarining holati, issiqlik tizimining ishlash holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, shuningdek, bolalarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va kunlik ovqatlanish ratsioni atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillariga amaliy tavsiyalar berildi. Mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 4