Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya issh rejasiga muvofiq yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat hududdagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Imtiyozli kredit ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
"MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“YANGI TURMUSH” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
“Navro‘z” mahallasida ichki yo‘llar holati va infratuzilma masalalari o‘rganildi
Deputat jamoat trasportida

Jamoat transportining muntazam harakati, avtobus bekatlarining holati hamda chipta xarid qilish tizimi bo‘yicha hududda monitoring o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida avtobuslarning harakat jadvaliga rioya qilishi, bekatlarning sanitariya-texnik holati va chipta xarid qilish imkoniyatlari tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, avtobuslar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha asosan muntazam harakatlanmoqda. Pik soatlarda yo‘lovchilar oqimi ko‘payishi sababli ayrim qisqa muddatli kechikishlar kuzatilmoqda.

Bekatlarning aksariyatida soyabon va o‘tirish joylari mavjud bo‘lib, ularning sanitariya holati yaxshi. Ayrim bekatlarda esa joriy ta’mirlash ishlari zarurligi aniqlandi.

Chipta to‘lovlari naqd pul orqali amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda plastik karta orqali to‘lov tizimi ham joriy qilingan.

Hozirda Hazorasp mahallasidan Hazorasp tumani, To‘rtko‘l tumani hamda Urganch shahriga jamoat transporti orqali muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yilgan.

Umuman olganda, jamoat transporti xizmatlari aholiga xizmat ko‘rsatishda qoniqarli darajada yo‘lga qo‘yilgan. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish orqali xizmat sifatini yanada oshirish mumkin.

Slide 1 of 4