DEPUTAT NAZORATI
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati Sh.Isoqov tomonidan tumandagi 33-sonli umumta’lim maktabining bugungi holati, obodonlashtirish ishlarining borishi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
Maktab hududini ko‘kalamzorlashtirish va "Yashil makon" loyihasi doirasidagi ishlar;
O‘quv xonalarining jihozlanishi va isitish tizimining barqarorligi;
O‘quvchilarning sifatli bilim olishlari uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar.
Deputat maktab ma’muryati va o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.