Maktab o‘quvchilari bilan samimiy uchrashuv
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati D. Sharopova o‘z saylov okrugida joylashgan maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar bilan samimiy suhbat tashkil etilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Tadbir yakunida yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.