O‘rganish natijalariga ko‘ra, Eshonobod mahallasida jami 1068 nafar yoshlar istiqomat qilmoqda. Shundan 14 nafar yoshning vaqtincha ishsiz ekanligi aniqlandi. Ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Deputat tomonidan yoshlarning doimiy ish o‘rinlariga joylashishini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda bu boradagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.