Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Ziyadinov ishtirokida tumandagi Ulus mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligini oshirish hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ular tomonidan hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi ta’minoti, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Uchrashuv yakunida fuqarolar murojaatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududlarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.