Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat eʼtiborida — maktabgacha taʼlim sifati

Deputat eʼtiborida — maktabgacha taʼlim sifati

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati F.Gʻoziyeva tumandagi 39-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib, u yerdagi sharoitlarni oʻrgandi.

Oʻrganish davomida deputat quyidagilarga alohida eʼtibor qaratdi:

Bolajonlar uchun yaratilgan qulayliklar va xonalarning holati;

Taomnoma asosida ovqatlanish sifati va mahsulotlarning saqlanishi;

Muassasadagi tozalik va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi.

Yaratilgan sharoitlar bilan birga, tarbiyalanuvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishi boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.