Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Viloyat Kengashi deputati tuman Kengashi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi 22-Nurafshon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati, Qiziltepa tumani hokimi Bekzod Bobomurodov Arabxona mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Karimova G‘oyibon mahallasida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi.
янв.21
Deputat R.Valiyeva Yangi hayot mahallasida aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 3-Yashnaobod saylov okrugidan saylandan deputat, tuman Kengashi kotibiyat mudiri U.Bobojonov o'zi saylangan okrugdagi aholi bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
PAYSHANBA - YOSHLAR KUNI
янв.21
Yoshlar kunida maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv
янв.21
Tuman Kengashi deputati maktabda bo‘ldi.
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari

Farg‘ona shahrida Afg‘oniston hududidan harbiy qo‘shinlar cheklangan kontingentini olib chiqilganligining 37 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Afg‘oniston tuprog‘ida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatilib, ularning porloq xotirasi yod etildi. Shuningdek, bugungi kunda safimizda bo‘lgan faxriy jangchilarning yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini singdirish borasidagi ulkan hissasi alohida ta’kidlandi.

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Mexmonov tomonidan Afg‘onistondagi harakatlar ishtirokchilari yuksak jasorat va matonat namunasini ko‘rsatgani, ularning hayot yo‘li va ibratli faoliyati yoshlar uchun haqiqiy maktab ekani qayd etildi. Faxriylarga ezgu tilaklar bildirilib, ularga ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbir davomida viloyat san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga havola etildi.

Slide 1 of 3