Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Zafar Alimov tomonidan ta’lim sohasi vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (№938-XII, 1993-yil 3-sentabr) mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

📖 Uchrashuv davomida deputat mazkur qonunning asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil tushuntirishlar berib, fuqarolarning davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqi, pensiya turlari — yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari, ularni tayinlash tartibi hamda zarur mehnat staji talablari haqida to‘xtalib o‘tdi.

🔖 Shuningdek, ta’lim sohasi xodimlari uchun pensiya hisoblash jarayonlari, ish stajining to‘g‘ri yuritilishi, rasmiy bandlikning ahamiyati hamda qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar alohida ta’kidlandi.

💬 Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarilib, amaliyotda uchrayotgan ayrim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 2