Yangiliklar

Kengash huzuridagi ekspert va yoshlar maslahat guruhlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

📌 Kengash huzuridagi ekspert va yoshlar maslahat guruhlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Turopova, Kengashi huzuridagi ekspert guruhi raisi o‘rinbosari S.Xudoyqulova hamda yoshlar maslahat guruhi ishtirokida tumandagi axborot kutubxona markazida tadbir tashkil etildi.

💬 Tadbir davomida hududdagi dolzarb masalalar, jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

📊 Shuningdek, ekspertlar tomonidan sohalar kesimida tahlillar taqdim etilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

👥 Yoshlar maslahat guruhi a’zolari o‘z tashabbus va g‘oyalari bilan faol ishtirok etib, joylarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarini bildirdilar.

🤝 Tadbir yakunida Kengash va maslahat guruhlari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarni qaror qabul qilish jarayonlariga keng jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Slide 1 of 1