Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Markaziy Osiyo - Italiya" – yangi istiqbolli hamkorlik
янв.21
“Марказий Осиё – Италия” саммити - “яшил” тараққиёт ва стратегик шериклик сари муҳим қадам
янв.21
Миллий бренд - маҳаллий саноатни барқарор ривожлантириш демак
янв.21
Xalqaro sertifikatga ega korxonalar soni 20 taga yetkaziladi
янв.21
Yoshlar – ertangi kunimiz, kelajagimizni belgilovchi hal qiluvchi kuchdir
янв.21
Munosabatlar o'zaro ishonchga asoslangan
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 11-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 9-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти кенгашининг 8-сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг еттинчи сессияси бўлиб ўтди!
"Markaziy Osiyo - Italiya" – yangi istiqbolli hamkorlik

 Joriy yilning 30-may kuni Ostona shahrida "Markaziy Osiyo -
Italiya" sammiti doirasida boʻlib oʻtgan tadbirlarda Prezidentimiz mintaqa
mamlakatlari va Italiya oʻrtasidagi koʻp qirrali amaliy hamkorlikni yanada
kengaytirish boʻyicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va
Italiya oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari
koʻrib chiqildi. Xususan, investitsiya va texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot
sohalarida sheriklikni rivojlantirish, taʼlim va madaniy dasturlarni amalga
oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
 

 Oʻzbekiston rahbari "Markaziy
Osiyo - Italiya" formatidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha
oʻz qarashlarini bayon etdi.
 

 Avvalo, qator dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan yondashuvlarni
muvofiqlashtirish uchun tashqi ishlar vazirliklari darajasida muntazam
muloqotlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi. Shuningdek, terrorizm,
ekstremizm, radikalizm, giyohvand moddalar savdosi va noqonuniy migratsiyaga
qarshi kurashda koʻp tomonlama sheriklik va maxsus xizmatlarning axborot
almashish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish taklif etildi.
 

 Oʻzbekiston Prezidenti texnologiyalar transferi, ilgʻor bilim va
tajribalarni joriy etish, yuqori texnologiyali sanoat ishlab chiqarishlarini
tashkil etish uchun qulay sharoitlarni yaratishni nazarda tutuvchi koʻp
tomonlama sanoat va texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish va qabul
qilish muhimligini taʼkidladi.
 

 Mavjud muvaffaqiyatli tajribani hisobga olib, mineral resurslar va
qishloq xoʻjaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash; elektrotexnika, kimyo,
toʻqimachilik, charm, oziq-ovqat va boshqa qayta ishlash tarmoqlari uchun
zamonaviy uskunalar ishlab chiqarish; butlovchi qismlar va sanoat
mahsulotlarini mahalliylashtirish, Italiyaning yetakchi brendlari ishtirokida
dizayn markazlarini tashkil etish hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻlishi
mumkinligi qayd etildi. Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatida mintaqaviy
ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun Yevropa operatori boshqaruvida
maxsus industrial park tashkil etilayotganini maʼlum qildi.
 

 "Yashil" transformatsiya sohasida Italiya bilan samarali
hamkorlikni yuqori baholab, Oʻzbekiston yetakchisi uglerod chiqindilarini
kamaytirish boʻyicha milliy dasturlarni amalga oshirishga koʻmaklashadigan koʻp
tomonlama platformani yoʻlga qoʻyish orqali keng qamrovli sheriklikni
rivojlantirishga chaqirdi.
 

 Toshkentdagi Turin politexnika va Piza universitetlari filiallari
samarali faoliyat yuritayotganini taʼkidlar ekan, davlatimiz rahbari
Italiyaning boshqa yetakchi oliy oʻquv yurtlarining mintaqaga qiziqishi ortib
borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Yetakchi turoperatorlar oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish va
qoʻshma sayyohlik mahsulotlarini yaratish maqsadida turizm alyansini tashkil
etishdan manfaatdorlik bildirildi.
 

 Italiya jamoatchiligi Rim va Florensiyada oʻtkazilgan koʻrgazma va
madaniy tadbirlarga katta qiziqish bildirgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
 

 Shu munosabat bilan, kelgusi yili Xiva shahrida mintaqa mamlakatlari va Italiya yoshlarining
kreativ iqtisodiyot va madaniy almashinuv forumini oʻtkazish taklif
qilindi.Tadbir yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilindi.
  

 I.B.Xushmurodova - xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi