Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov tomonidan 13-Mehnatobod saylov okrugi deputati N. Ilmurodova saylangan Navro‘z MFY hududida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 4-bandi ijrosi, xususan, mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromad manbalarini oshirish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holati o‘rganildi.

Shuningdek, kambag‘al oilalarni aniqlash, ularning muammolarini individual o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib daromadli mehnatga jalb etish, tadbirkorlik va tomorqachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish ishlari ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi deputatlik nazoratiga olindi.