Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov tomonidan 13-Mehnatobod saylov okrugi deputati N. Ilmurodova saylangan Navro‘z MFY hududida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 5-bandi ijrosi, xususan, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati o‘rganildi.

Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish, tegishli ijtimoiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash hamda ijtimoiy yordamlarning manzilliligi va o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, belgilangan vazifalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.