Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
MAHALLADA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT

MAHALLADA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanova Gulshan Zokirovna 13-Umid saylov okrugi hududidagi Ma’rifat mahallasida ko‘cha vakillari bilan uchrashdi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar, hududni obodonlashtirish, jamoat tartibini ta’minlash hamda fuqarolar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi O‘RQ-474-son “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishi hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📌 Mazkur qonun talablaridan kelib chiqib, aholining fikr va takliflarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhim ahamiyatga ega.

💬 Uchrashuv davomida ko‘cha vakillarining fikr va takliflari tinglandi. Hududdagi masalalarni joyida o‘rganish, aholi murojaatlariga e’tibor qaratish hamda ularni qonuniy asosda hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

🌿 Shuningdek, mahallada obodonlashtirish va tozalikni ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash, aholi o‘rtasida hamjihatlikni kuchaytirish hamda fuqarolarning faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✨ Aholi bilan ochiq muloqot va hamkorlik — mahalla farovonligining muhim omilidir!

Slide 1 of 1