Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#doimiy_komissiya_biriktirish #komissiya_nazorati

Shahrimiz obodligi, ko‘chalarning ozodaligi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish doimiy e’tiborda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tavsiyasiga asosan, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy ishlototlar, qurilish va kommunal soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 3-okrug deputati Zafar Adilov o‘ziga biriktirilgan "Angren Bunyod Fayz" MCHJ joyiga chiqib, korxona faoliyatini atroflicha o‘rgandi.

Tashrif davomida shahrimiz tozaligi va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish xizmatining bugungi holati, mavjud resurslar va texnik imkoniyatlar tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida:
🔺Korxonada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning ish sharoitlari, mehnatga yarasha yaratilgan imkoniyatlar va sifat ko‘rsatkichlari baholandi.
🔺Har bir hudud hamda mahallalarga grafik asosida maxsus transport vositalarini biriktirish holati, ularning qatnov vaqtlari va yo‘nalish rejalarining bajarilishi ko‘zdan kechirildi.
🔺Korxonaning umumiy ish tartibi, xodimlar soni va xizmat ko‘rsatish samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar jarayonida ayrim mahallalarda chiqindi olib chiqib ketish jadvallarida uzilishlar yuzaga kelayotgani va bu aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgani muhokama qilindi. Deputat Zafar Adilov tomonidan ushbu muammolarni kelgusida takrorlamaslik, grafik buzilishlarining oldini olish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
"Shahrimiz tozaligi va aholi roziligi — asosiy mezonimizdir. Senat tavsiyalari va xalqimiz ishonchidan kelib chiqib, har bir mahallada belgilangan grafik asosida sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaymiz."

Belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar ijrosi komissiya raisi va deputatlik nazoratiga olindi muhokama uchun komissiyaga yo'naltirildi.

Slide 1 of 4