📌 Korrupsiyaga qarshi kurashish — deputatlar e’tiborida
👥 Xalq deputatlari tuman Kengashining 8-Balandchayla saylov okrugi deputati O.Xo‘janov hamda 20-Bunyodkor saylov okrugi deputati E.Xayitov tomonidan “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti Qamashi tumani filialida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonun ijrosi yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.
📣 Deputatlar tomonidan mazkur qonunning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, uning amaliy ahamiyatini aholiga yetkazish hamda fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
⚖️ Fuqarolarga korrupsion holatlarning oldini olish, bunday huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralarini tushuntirish, shuningdek, shaffof va halol xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirishning ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.