📌 Qonun ijrosi — deputatlik nazoratida
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashining 19-Ibn Sino saylov okrugi deputati M.Turopova hamda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi N.Ro‘ziyeva tomonidan “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-668-sonli Qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan hududda keng qamrovli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🔍 O‘rganishlar davomida madaniyat muassasalarining faoliyati, jumladan, aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati, to‘garak va seksiyalar faoliyati, moddiy-texnik baza holati, kadrlar salohiyati hamda qonun talablarining amalda bajarilishi atroflicha tahlil qilindi.
📊 Shuningdek, madaniyat tashkilotlarida qonun hujjatlariga rioya etish, aholining, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.