Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hamkorlik sari muhim tashabbus!
янв.21
Qonun ijrosi — deputatlik nazoratida
янв.21
Kengash huzuridagi ekspert va yoshlar maslahat guruhlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar siyosati — deputat e’tiborida
янв.21
Hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi holati o‘rganildi.
янв.21
Partiya guruhlari bilan hamkorlik
янв.21
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Deputat mahallada

 XAVFSIZ MAHALLA — OSOYISHTA HAYOT GAROVI 

Xalq
deputatlari Piskent tuman Kengashidagi 15-Fayzobod saylov okrugi deputati D.
Komilova tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish va
huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi.
 

Ayniqsa,
«qizil» va «sariq» hudud sifatida belgilangan mahallalarda vaziyatni
sog‘lomlashtirish, jinoyatchilikni bartaraf etish eng muhim vazifa etib
belgilangan.
 

"Mahalla
yettiligi" va hamkorlik samarasi: Hudud profilaktika inspektori Baxtiyor
Qo‘rg‘onmetov «mahalla yettiligi» bilan yaqin hamkorlikda tizimli ishlarni olib
bormoqda. O‘rganish davomida quyidagi
yo‘nalishlarga alohida urg‘u berildi:
 

 Oilaviy muhit:
Oiladagi notinchlik va janjallarni vaqtida bartaraf etish, nizolarni ijobiy hal
qilish;
 

 Yoshlar
tarbiyasi: Maktablarda o‘quvchilarning davomati va tarbiyasi bo‘yicha
ota-onalar bilan muntazam muloqotlar;
 

 Ma’naviy
ko‘mak: Nuroniylar va mahalla faollarining boy hayotiy tajribasidan foydalangan
holda profilaktik suhbatlar o‘tkazish.