Marg‘ilon MFYda muammolar
o‘rganildi
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli qarori
hamda Senat Kengashining QQ-35-V-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida
3-Sharshara saylov okrugi deputati Sherxon Boratov tashabbusi bilan hududda 24 ta
savoldan iborat o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi bilan atroflicha
muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar tahlil qilindi. Xususan:
— 46-sonli umumta’lim maktabida sinf xonalari yetishmasligi sababli qo‘shimcha bino
qurishga ehtiyoj mavjudligi;
— Quvonch, Visol va Yapog‘i ko‘chalaridagi asfalt qoplamasi ta’mirtalab holatga
kelgani;
— Yapog‘i ko‘chasining ayrim qismida tungi yoritish tizimi yetarli emasligi aniqlandi.
🔹 Mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot
va mutasaddilarga “deputatlik so‘rovi” yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.