📌 Fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
👤 Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Qoratepa saylov okrugi deputati S. Jalilov tomonidan Azlartepa mahallasi hududida istiqomat qiluvchi fuqaroning kredit ajratish masalasiga oid murojaati atroflicha o‘rganib chiqildi.
🤝 Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi. O‘rganish jarayonida fuqaroning holati chuqur tahlil qilinib, mavjud muammo va ehtiyojlar aniqlashtirildi hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
💼 Deputatning bevosita aralashuvi va tashabbusi natijasida fuqaroning kredit ajratish masalasidagi murojaati ijobiy hal etilib, unga belgilangan tartibda kredit mablag‘lari ajratilishiga erishildi.
📊 Mazkur holat deputatlarning saylovchilar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini tizimli hal etish hamda aholi farovonligini oshirish borasidagi amaliy faoliyatining yorqin namunasi hisoblanadi.