Deputat so‘rovi yuborildi.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 14-A.Ikromov saylov okrugi deputati D.Xamraqulov tomonidan O‘zbekiston MFY hududida joylashgan Temir yo‘lchi ko‘chasida transport vositalari harakatining tartibsizligi, piyodalar ayniqsa bolalar va keksa yoshdagi fuqarolar uchun noqulaylik va xavf tug‘dirayotganligi uchun ushbu ko‘chaga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur tartibga soluvchi yo‘l belgilarini o‘rnatish choralarini ko‘rish yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Yigitaliyev nomiga 36-ds-287-26-sonli “deputat so‘rovi” yuborildi.