Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-Qorabog‘ saylov okrugi deputati R.Toshturdiyev tomonidan Qovchin mahallasi fuqarolarining murojaatlariga asosan tuman elektr ta’minoti boshlig‘i nomiga deputat so‘rovi yuborilgan edi.
🔌 Mang‘it qishlog‘i hududida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida elektr beton ustunlar o‘rnatish masalasida amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘tarilgan edi.
📩 Mazkur masala yuzasidan Qamashi tumani elektr ta’minoti boshlig‘i Y.Eshonqulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi “Ochik budjet axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5250-sonli qarori asosida hududlarni rivojlantirish maqsadida tashabbusli budjet dasturi bo‘yicha onlayn ovoz berish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkinligini bildirdi.