Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar muammolari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish holatini o‘rgandi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi: Qamashida faol va tashabbuskor ayollar e’tirof etildi
янв.21
Deputat mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat hunarmand tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifa
Saylovchilar muammolari deputatlar nazoratida

Saylovchilar muammolari deputatlar nazoratida

Tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan bir qator masalalar atroflicha o‘rganildi. Uchrashuvlar jarayonida ko‘tarilgan, ammo joyida hal etilishi imkoni bo‘lmagan muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-son qarori asosida alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Mazkur jarayon davomida saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb muammolar deputatlar tomonidan aniqlanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni tizimli ravishda ko‘rib chiqish va ularning yechimini tezlashtirish maqsadida masalani navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish taklifi ham ilgari surildi va ma’qullandi.

Bu kabi uchrashuvlar aholining muammolarini o‘rganish, ularni tizimli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1