Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar muammolari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish holatini o‘rgandi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi: Qamashida faol va tashabbuskor ayollar e’tirof etildi
янв.21
Deputat mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat hunarmand tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifa
Navoiyda shaxmat bo‘yicha U-20 O‘zbekiston chempionati start oldi!

 Navoiyda shaxmat bo‘yicha U-20 O‘zbekiston chempionati start oldi!

Bugun Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidagi muhtasham “To‘dako‘l” Xalqaro shaxmat maktabida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘z ishini boshladi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i hamda “To‘dako‘l” Xalqaro shaxmat maktabi direktori so‘zga chiqib, musobaqani rasman ochib berdi. Ishtirokchilarga omad tilab, ushbu chempionat kelajak chempionlarini kashf etishda muhim qadam ekanligi ta’kidlandi. 

Ma’lumot oʻrnida bahslar o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida alohida guruhlarda, aylanma tizimda (11 tur) standart yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Har bir guruhda saralangan 12 nafar kuchli shaxmatchi dona suradi.

G‘oliblar qimmatbaho sovrinlar bilan birga 2026-yilgi O‘zbekiston chempionati (Oliy liga) yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritadilar!