Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi ishida Yangiobod tuman hokimi I.Qarshiboyev, Jizzax viloyati hokimligi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha kotibiyati mudiri N.Raimov, tegishli tashkilot va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibiga 9 ta masala kiritilib, ular yuzasidan mas’ul rahbar va mutaxassislar tomonidan axborot va hisobotlar taqdim etildi. Jumladan, tuman Kengashi raisini saylash, 2026-yilgi mahalliy byudjetni tasdiqlash, soliq stavkalariga koeffitsiyentlar qo‘llash, tumanning 2026-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi, xotin-qizlar bilan ishlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi, Prezident qarori ijrosi hamda deputat vakolatini muddatidan ilgari tugatish masalalari muhokama qilindi.
Har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan savollar berilib, o‘rinli taklif va tashabbuslar bildirildi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.