Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tuychi Yokubov Qamashi tumaniga tashrifi davomida Zafar mahallasi yettiligi, tuman kutubxonasi hamda 1-MTT faoliyatini o‘rgandi. Uchrashuvlarda aholining taklif va muammolari tinglanib, ta’lim va mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo`yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Deputat tashrif davomida yoshlar, tarbiyachilar va mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.