Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Alibek Amanlikov hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati Boyovut tumani bo‘limi rahbari Zafar Kamalov bilan hamkorlikda hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi. Jumladan, "Ma’naviyat" mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan zarur taklif va tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, "Shirin" mahallasida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida piyodalar yo‘lakchasi qurilishini olib borayotgan quruvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Ularning mehnatiga omad tilanib, xayrli tilak va duolar bildirildi.
Bundan tashqari, hududda yakka-yolg‘iz yashovchi nuroniy otaxon va onaxonlar holidan xabar olinib, kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy tabriklar yo‘llandi.