Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pop tumani Kengashi deputati Sh.Ergasheva tomonidan hududdagi 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarligi, isitish tizimining holati hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim sharoitlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Asosiy maqsad — sovuq kunlarda ham o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun munosib sharoitlarni ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishdan iborat. Deputatlik nazorati — xalq manfaatlari va ta’lim sifati yo‘lida.

Slide 1 of 4